Superliga. Tur darvozaboni - Ignatiy Nesterov

Tolibjon Qosimov
17 mar 2021, 15:11
Coca Cola Superligada 2-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 14-16 mart kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Coca Cola Superliga. 2-tur ramziy terma jamoasi

Ortda qolgan 2-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Qizilqum" klubi a'zosi Ignatiy Nesterovni topdik. "Qizilqum" Qo'qonda mehmon bo'ldi va 0:0 hisobidagi durang bilan ortga qaytdi. Navoiyliklar safida shu kuni eng yaxshi o'yinchi Ignatiy Nesterov bo'ldi. Aynan tajribali posbonning ishonchli harakatlari evaziga "Qiliqum" darvozasi ishg'ol qilinmadi. Bahs davomida Nesterov Lukich, Meliev, Xolmuhammedov hamda M.Hasanovlarning zarbalaridan keyin chiroyli seyvlarni ijro etdi.

Shu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan jamoasini gollardan qutqarib qolgan va jamoasi daxlsizligini saqlab qolgan Ignatiy Nesterov 2-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia