Superliga jamoalari stadionlarida VAR tizimini joriy etish ishlari boshlandi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026, 16:12
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini taminlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o'rnatish ishlari qizg'in davom etmoqda.

"Ayni paytda "Neftchi" klubining uy stadioni - "Istiqlol" majmuasida VAR texnikalarini joylashtirish va sozlash jarayoni ketmoqda.

Rejaga asosan, keyingi bosqichlarda "Andijon", "Buxoro" hamda "So'g'diyona" klublari stadionlari bosqichma-bosqich ushbu tizim bilan jihozlanadi.

Bugungi kunga qadar "Xorazm" va "Surxon" klublari uy stadionlarida VAR tizimi to'liq o'rnatib bo'lingan.

O'zbekiston futbol hakamlar markazi mutaxassislari tomonidan ushbu texnik qurilmalarni o'rnatish, montaj qilish va ishchi holatga keltirish jarayonlari bevosita amalga oshirilmoqda.

Ushbu say-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini taminlash va o'zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi", – deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази