Superliga. "Navbahor" 90+6-daqiqada urilgan gol evaziga safarda "Andijon"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
7 apr 2026, 21:10
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

“Andijon” - “Navbahor” 0:1

07.04.2026

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Ërdamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Duschanov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 0:1 – 90+6, Giorgi Jgerenaya (Umar Adhamzoda)

🟥"Andijon": 35. Rahimjon Davronov, 4. Igor Golban, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov (10. Dragan Cheran, 80), 8. Jamshid Boltaboev (18. Damir Temirov, 67), 15. Nemanya Chalasan, 17. Azizbek Turg'unboev (33. Doniyor Abdumannopov, 75), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Usmonali Ismonaliev (9. Imeda Ashortia, 75), 27. Martin Boake, 77. Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 2. Odilbek Abdumajidov, 3. Ibrohim Yo'ldoshev, 5. Abdulvohid G'ulomov, 19. Sayfiddin Sodiqov.

🟦"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Islombek Mamatkazin, 8. Diyor Xolmatov (6. Shohruhbek Abdurahmonov, 60), 13. Opeyemi Teidi Benjamin (5. Dilshodjon Komilov, 90+5), 22. Umar Adhamzoda, 28. Kati Katulondi, 34. Giorgi Jgerenaya, 70. Abbosjon G'ulomov (10. Shohmalik Komilov, 60), 77. Muhammadali Usmonov (23. Vanya Ilich, 90+2), 97. Aleks Nassimento Fernandes (7. Ruslanbek Jiyanov, 60)

Zaxira: 16. Shukron Yo'ldoshev, 3. Zafarbek Rahimjonov, 18. Isoxon Musoxonov, 20. Quvondiq Ro'ziev.

🟨Ogohlantirishlar: Azizbek Turg'unboev (38), Mahmudjon Mahamadjonov (56), Samvel Babayan (56), Islom To'xtaxo'jaev (78), Muhammadali Usmonov (88)

O'yin yakunlandi.

90+6. GOL! Giorgi Jgerenaya 90+6 daqiqada burchak uzatmasidan so'ng bosh bilan aniq zarba yo'llab, to'pni darvozaga joyladi! Kubok finali uchun revansh!

Shu o'rinda tarix fanidan tayyorlanayotgan abiturientlarga yana bir qiziq fakt ulashmoqchiman. Samvel Babayan "Andijon"ga uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyligidan ketgandi. Mayli, ortiqcha ma'lumotlar bilan boshingizni qotirmoqchi emasman. O'yinga qaytamiz.

90+2. “Navbahor”da o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

🟨88. Usmonov ogohlantirildi.

88. Mehmonlarning burchak uzatmasini Davronov egalladi.

85. Yana futbolchilar o'rtasida bahslashuv boshlandi. O'yin davomida sportcha shunday shiddat esa yo'q.

80. “Andijon”da o'zgarish.

80. Zarba! Komilovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Davronov qaytardi.

🟨78. To'xtaxo'jaev ogohlantirildi.

78. Zarba! Jiyanovning olisdan yo'llagan zarbasini Davronov qaytardi.

76. Zarba! Xoldorxonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

75. “Andijon”da ikki o'zgarish.

18726 nafar muxlis stadionga tashrif buyuribdi.

74. Zarba! Abdurahmonov tepgan to'pni Davronov egalladi. Lekin u tibbiy yordamga muhtoj negadir.

71. Usmonov raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo negadir zarba yo'llashga shoshilmadi, oqibatda to'pni oldirdi.

68. “Andijon”ning standarti besamar yakunlandi.

67. “Andijon”da o'zgarish.

63. Burchak uzatmasidan so'ng Golban Adhamzoda uning libosidan tortganini bildirdi, ammo hakam uning etirozini noo'rin deya baholadi.

62. "Andijon" futbolchisining zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi.

60. “Navbahor”da uch o'zgarish.

🟨56. Yana to'qnashuv. Qasddan fol ishlatgan Mahamadjonov va etiroz bildirgan Babayan ogohlantirildi.

52. Ismonaliev va Fernandes ziddiyat borishdi, hakam ularni og'zaki ogohlantirdi.

48. “Andijon” futbolchilarining zarbalariga Mamatkazin qalqon vazifasini o'tadi.

46. Xoldorxonov bir necha raqibni aldab, jarima maydoniga kirishga urindi, ammo Mamatkazin uni zararsizlantirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Jarima uzatmasidan so'ng “Navbahor” jarima maydonida to'p mehmonlar himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Ammo hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmagani qayd etildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

🟨38. Turg'unboev markazda Xolmatovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

33. Turg'unboevning jarimadan uzatmasini raqib himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

31. Xavfli vaziyat! Davronovning to'pga chiqishdagi xatosidan so'ng Fernandes darvoza tomon aniq zarba yo'llay olmadi.

30. Zarba! G'ulomovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi Chalasandan maydonni tark etdi.

27. Fernandes olisdan zarba yo'lladi. Menimcha, u o'z sevgilisiga oyni olib berishni vada bergan ko'rinadi.

23. Boake chap qanotdan jarima maydoniga kirishga urindi, Jgerenaya to'pni ham, raqibni ham to'xtatdi.

20. Bahsli vaziyat yuzaga keldi. Hatto Babayan ham maydonga tushib ketdi. Hakam uni tinchlanishga chaqirdi.

18. Ismonaliev raqib jarima maydoni yaqinida standart ishlashga urindi, ammo kastingdan o'ta olmadi.

16. Boltaboevning zarbasi esa Lokk nazariyasiga ikki karra gumonsirashimga sabab bo'ldi.

14. Mamatkazin ijrosidagi jarima zarbasidan so'ng psixolog Edvin Lokkning "Maqsad qanchalik yuqori bo'lsa, inson shunchalik yuqori natija ko'rsatadi", degan xulosasiga gumonsiray boshladim.

11. Mehmonlarning chap qanotdan uzatmasini Davronov yo'qqa chiqardi.

8. “Andijon” o'ng qanotdan hujum tashkillashtirdi. To'xtaxo'jaevning uzatmasini Jgerenaya qiyinchilik bilan zararsizlantirdi.

3. Dastlabki zarba mezbonlar tomonidan yo'llandi, ammo raqib himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

📣1. O'yin boshlandi. Havo harorati past bo'lishiga qaramay, stadiondagi muhit ajoyib darajada. Umid qilamizki, tabloda qayd etiladigan yakuniy hisob metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilishiga sabab bo'lib qolmaydi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. “Andijon” qizil, “Navbahor” ko'k liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia