Spaletti: “Inter”da yana 100 yil qolishga tayyorman”

28 apr 2019, 08:54
“Inter” bosh murabbiyi Luchano Spaletti Italiya A seriyasi 34-turida “Yuventus”ga qarshi (1:1) bellashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Inter” birinchi bo'limda o'yni tizginini o'zida saqlab turdi, ammo gol urish oson ish emas. Ikkinchi bo'limda “Yuventus” agressiv ko'rindi, biz juda ko'p vaziyatlarda to'p yo'qotdik. Raqib erkin harakatlanishi uchun bor kuchini ishga soldi va o'yinni boshqarishga urindi.

Har ikkala jamoa g'alaba qozonishni istadi, qiziqarli o'yin bo'ldi. Himoya – bizning kuchsiz jihatimiz. “Inter” doim oldinga intilishi shart. Biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo o'yin oxirida durangdan ham quruq qolishimiz mumkin edi. Hali hamon jamoaga balans va tomoshaboplik yetishmayapti.

Mening kelajagim? Buni klub hal qiladi. Men xursandchilik bilan yana 100 yil “Inter”da qolardim, ammo klub rahbariyati klub uchun eng to'g'ri qarorni qabul qiladi”, deya Spalettining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia.


Manba: Sky Sport Italia