“So'g'diyona”ni yana bir darvozabon tark etdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2017
“So'g'diyona” posboni Shoxrux Eshbo'taev erkin agent sifatida jamoani tark etdi.

Endilikda u o'ziga yangi jamoa qidirmoqda. Shoxrux Eshbo'taev  21 yoshda bo'lib,oliy liganing eng yosh darvozabonlaridan biri. U bir necha sayt talqinlariga ko'ra ramziy terma jamoa tarkibiga  kiritilgan edi. Jamoaning bir nechta o'yinlarda jamoa g'alabasiga  o'z hissasini qo'shgan. “So'g'diyona” jamoasi Shoxrux Eshbo'taevning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz  va mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


Oldinroq jamoa posboni Sarvar Karimov ham jamoadan ketgandi. Ayni paytda "So'g'diyona" yig'inida Shirinboy Abdullaev va Muzaffar Abdullaev kabi darvozabonlar ishtirok etishmoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia