"So'g'diyona" yana bir legioner bilan shartnoma tuzdi

Alisher Ostonov
22 yanv 2023, 14:42
"So'g'diyona" o'z safiga legioner markaziy himoyachi Tarik Isichni qo'shib oldi.

"Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "So'g'diyona" bosniyalik markaziy himoyachi Isich Tarik bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Isich Tarik 1994 yil 8 oktyabr kuni tavallud topgan.

Futbolchi shu kungacha o'z mamlakatining "Turbina", "Radnik", "Kaplina", "Olimpik", "Chelik Zenicha", Malayziyaning "Perak", Albaniyaning "Kukesi" jamoalarida to'p tepgan", - deyiladi "So'g'diyona" klubi xabarida.

Oldinroq, saytimiz orqali jizzahliklar safiga markaziy himoyachi Tarik Isich va hujumchi Jenan Zajmovich kelib qo'shilganini ma'lum qilgandik



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia