Sinisha Mixaylovich: Bugun haqiqiy erkaklar bahsini ko'rdim

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016, 13:00
Milan ustozi Sinisha Mixaylovich Romaga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bayon qildi.

Men o'tgan turdagi Bolonyadan uchralgan mag'lubiyatga jamoam qanday javob qilishini kutdim. Haqiqiy erkaklar g'azablana oladilar, bugun aynan shunday o'yin guvohiga aylandim.

Oxirgi 2 o'yinda 6 ochko olishimiz kerak edi, faqat 1 ochko to'pladik xolos. Standartdan gol o'tkazdik, o'sha vaziyatda yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz g'alabaga haqli edi.

Oldinda Kubok bahsi turibdi, unda nima qilib bo'lsa ham yutishimiz shart, – deydi Mixaylovich.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gazzettaworld.gazzetta.it