"Shaxtyor" Solomonni 40 million evro evaziga sotmadi

Alisher
21 yanv 2021
Doneckning "Shaxtyor" klubi rahbariyati yarim himoyachi Manor Solomonni Yevropaning top-klublaridan biriga sotmadi.

21 yoshli Isroil terma jamoasi futbolchisi uchun 40 million evro taklif qilingandi, ammo "konchilar"ni bunday mablag' qoniqtirmadi.

Ukraina chempioni Solomonning sotuvidan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi.

Yarim himoyachi joriy mavsum Ukraina Premer-ligasi doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport1