

"Ayni paytda men faqat dam olayapman. Takliflarga kelsak, hozircha bu borada sizga aniq ma'lumot ayta olmayman. "Metallurg"dan hali ketganim yo'q va tezroq mashg'ulotlar boshlanishini kutyapman. Shuning uchun meni jamoadan ketdi degan gaplarga ishonmang", - deydi Nurmatov "Futbol Ekspress" gazetasiga.
Eslatib o'tamiz, Nurmatov 2015 yilgi oliy ligada 26ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi.




