"Sevilya" PSJ o'yinchisini olish uchun umidni yo'qotmagan

Alisher
1 avg 2022, 16:54
"Sevilya" hali ham PSJdan markaziy himoyachi Tilo Kererni xarid qilmoqchi.

Jurnalist Adrien Grenening xabariga ko'ra, Andalusiya klubi nemisni xarid qilishga optimistik kayfiyatda qaramoqda.

Kerer "Sevilya"da "Barselona"ga ketgan Jyul Kundening o'rnini bosishi kerak. Kererning o'zi Xulen Lopetegi jamoasiga o'tishga rozi.

Kerer ushbu yozda PSJni tark etishi kerak bo'lgan o'yinchilar ro'yxatida bor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/adriangrenier