"Sevilya" barcha o'yinchilarini sotishga tayyor. Klub qarzlaridan qutilishi lozim

Administrator
1 iyul 2023, 00:45
Klubda ko'tara savdo.

"Sevilya" klubi barcha futbolchilarini transferga qo'ydi. Marca nashrining xabar berishicha, klubda 90 mln evro qarz bor va bu pullar tez orada qaytarilishi kerak. Buning uchun esa klub juda ko'p transferlarni amalga oshirishi kerak. 

Aynan shu sababdan jamoa sport direktori Monchi o'z lavozimini tark etgan va "Aston Villa" prezidentiga aylangan. U jamoaning ko'pgina a'zolarini sotishni istamagan. 

Ma'lumot uchun, "Sevilya" ortda qolgan mavsumda Yevropa ligasida zafar quchdi va keyingi mavsum uchun YCHL yo'llanmasini naqd qildi. Klub La Ligada 11-o'rinni egalladi.


AdministratorMuallif
Manba: Marca