Serxio Ramos Xoakin rekordini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023
Tunda La Liga 18-turi doirasida "Sevilya" safarda "Granada"ni yirik hisobda (3:0) mag'lub etdi.

Gollardan biri himoyachi Serxio Ramos hisobiga yozildi. Shunday qilib, 37 yoshli ispan Xoakinning La Ligadagi samarali mavsumlar (18 mavsumda hech bo'lmasa 1 tadan gol urgan) bo'yicha rekordini takrorladi 

Ayni damda Ramos barcha musobaqalarni qo'shganda 14 o'yinda 4 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma etkazib berdi va 5 ta kartochka (4 sariq va 1 qizil) ishlab oldi. Futbolchining "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yil yozigacha mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: OptaJose