Sergey Chigodaev: "Bosh murabbiy ertaga Toshkentga qaytadi"

Alisher
18 may 2024, 22:00
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Olimpik" (2:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Sergey Chigodaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin uchrashuv o'tkazdik. G'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi, ikkinchi bo'limda anchayin jonlandik. Aynan ikkinchi bo'limdagi ishtiyoq bugungi g'alabamizga sababchi bo'ldi.


- Bosh murabbiy Temur Kapadze Fransiyadan qachon qaytadi? Navbatdagi o'yinga jamoani kim tayyorlaydi?

- Temur Toxirovich ertaga qaytadi. Va albatta navbatdagi o'yinga o'zi tayyorlaydi.

- Bugun "Olimpik"ning 3-darvozaboni maydonga tushirildi. Asosiy darvozabonlarda jarohat bor edimi?

- Bizda ikkinchi yoki uchinchi degan maqom yo'q. Har bir darvozabon jamoaga bir xil statusga ega. Kim o'yinga to'liq tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.

- G'alabaga raqib futbolchisining qizil kartochka olgani ham sabab bo'ldimi?

- Ikkinchi bo'limda jamoamizdagi ishtiyoq kuchaydi. Birinchi bo'limdagidan butunlay aks qiyofada o'yin namoyish etdik. Albatta raqibning yetakchi futbolchilaridan biri qizil kartochka olishi bizning imkoniyatlarimizni yanada oshirdi.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia