Saudiya Arabistonidan bo'lgan futbolchi evrokubokda ilk bor gol urdi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2024, 12:50
"Roma" himoyachisi Saud Abdulhamid 12 dekabr kuni Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida "Braga"ga qarshi uchrashuvda (3:0) to'p kiritdi.

Bu gol Saudiya Arabistoni uchun ahamiyatli bo'ldi, chunki u mamlakatning evrokubokda gol urgan birinchi futbolchisidir. 

So'nggi yillarda Saudiya Arabistoni futboli rivojlanib bormoqda: ular infratuzilmani rivojlantirmoqda, Yevropadan jahon darajasidagi o'yinchilarni xarid qilmoqda va umuman, bu sport turiga katta miqdorda mablag' tikmoqda. Va bu yutuq ana shunday rivojlanishning dastlabki natijalaridan biri edi.

Italiyaliklar yozda Saud Abdilhamidni "Al Hilol"dan 2,5 mln evroga sotib oldi. U "Roma" safida 5 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, FIFA yaqinda 2034 yilgi Jahon chempionati Saudiya Arabistonida o'tkazilishini rasman e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Arab News