Saudiya Arabistoni chempionatida legionerlar cheklovini yumshatishlari mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023, 10:54
Saudiya Arabistonida legionerlar soni yanada ortishi mumkin.

Liga keyingi mavsumdan qaydnomaga 10 nafargacha xorijlik futbolchilarni kiritish imkoniyatini berish variantini ko'rib chiqmoqda. Bunday qaror klublar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish va shu orqali chempionat saviyasini oshirish hamda yulduz futbolchilarni yanada ko'proq jalb qilishga qaratilgan.

Bu mavsum klublar qaydnomasiga 8 nafargacha xorijlik futbolchilarni kiritishi mumkin. E'tiborli jihati, chempionatning 18 jamoasining barchasi ushbu kvotani to'ldirishgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk