

Ma'lumotlarga ko'ra, "Lokomotiv" klubi a'zosi Sadriddin Abdullaev va "Felda Yunayted" bilan shartnomasi tugagan Lutfulla To'raev faoliyatini yana Malayziyada davom ettirishi mumkin.
Abdullaev o'z vaqtida "T-Tim" klubi sharafini himoya qilgandi. To'raev esa 2016 yilda "Felda" safida Malayziya vice-chempioni bo'ldi. Hozircha bu futbolchilar qaysi klublarga kyetishayotgani haqida ma'lumotlar yo'q.




