Rubin Xebay yana jamoasini o'zgartirdi

Iskandarov Abdulaziz
13 iyun 2026, 16:20
O'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay faoliyatini o'z yurtida davom ettiradigan bo'ldi.

Joriy mavsum boshida Qozog'istonning "Tobol" klubiga ko'chib o'tgan forvard Albaniyaning "AF Elbasani" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu 27 yoshli hujumchining oxirgi ikki yil ichidagi to'rtinchi klubiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Xebay 2023 yilgi mavsumda "Andijon" tarkibida porlab chiqib, Superliga to'purarlari qatoridan joy olgandi. Shundan so'ng u Saudiya Arabistonining "Al Oruba" klubiga yo'l oldi, keyinchalik Tunisning "Sfaksen" klubi a'zosiga aylandi. 2025 yilgi mavsumni esa "Nasaf" hamda "So'g'diyona" jamoalari libosida o'tkazdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia