"Rubin" 2015 yildan beri Evrokuboklarning guruh bosqichiga chiqa olmayapti
Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2021, 09:51
"Rubin" kecha Konferenciyalar Ligasi musobaqasi saralashi doirasida "Rakuv" jamoasiga yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Qozonliklar 2015 yildan buyon Evrokuboklarning guruh bosqichiga yo'l ola bilishmayapti. Jamoa 2015/16 yilgi mavsumda Yevropa Ligasining guruh bosqichida qatnashgan va o'shanda "Liverpul", "Bordo" va "Son" kabi jamoalar bilan bahs olib borgandi.