RPL. "Spartak" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Rossiya chempionati birinchi tur bahslari davom etadi.

Bugun "Sochi" Moskvada "Spartak" maydonida mehmon bo'ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasida hisob mezbonlar hujumchisi Aleksandr Sobolev tomonidan ochildi. Forvard jamoadoshi Roman Zobnin  burchakdan etkazib bergan to'pni boshi bilan mehmonlar darvozasiga yo'llagan edi.  Bir necha daqiqadan keyin "Spartak" qarshi hujumga o'tdi. Zelimxon Bakaev faollik ko'rsatgan hujumni bu gal Jordan Larsson gol bilan tugatdi. Shundan keyin mehmonlar o'yin yakuniga qadar 2 bor penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritib, hisobdagi muvozanatni tiklashdi. Yakunda tomonlar 1 ochkodan bo'lib olishdi.

Spartak – Sochi 2:2 

9 avgust, 22.00, "Otkritie Arena"

Gollar:

1:0 – 8 Sobolev, 2:0 – 10 Larsson, 2:1 – 15, penalti Poloz, 2:2 – 90, penalti Noboa.

Spartak – Maksimenko, Maslov (Gaponov, 53), Djikiya, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev (Umyarov, 76), Kral, Glushenkov (Ponse, 54), Sobolev, Larsson.

Sochi – Djanaev, Terexov, Zaika, Margasov, Callagov, Mevlya, Noboa, Novoselcev (Nabiullin, 72), Burmistrov (Nemchenko, 65), Miladinovich, Poloz (Zabolotnyy, 85).

Ogohlantirishlar:

Sobolev (8), Terexov (40), Larsson (74), Nabiullin (77), Margasov (82), Kral (84), Gaponov (85), Maksimenko (90), Umyarov (90).


Manba: championat.asia