Ronaldu “Everton”ga qarshi o'yinda ogohlantirildi, jarohat oldi va muxlisning telefonini erga uloqtirdi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2022, 08:25
MYU kabi Krishtianu Ronalduning klubdagi ishlari joyida emas.

“Everton” (0:1) ga qarshi o'yinda u 87-daqiqada sariq kartochka oldi. Portugaliyalik maydonni oyog'ida jarohat bilan tark etdi.

Qayd etilishida, bahs yakunidan keyin Ronaldu tribuna yo'lagida stadiondagi muxlislardan birining telefonini olib, erga tashlab yuborgan. “Qizil iblislar” mazkur epizodni o'rganib chiqishmoqda.

Hujumchi ushbu harakati uchun ijtimoiy tarmoqlarda o'sha ishqibozdan uzr so'radi va uni “Old Trafford”dagi uchrashuvlarga taklif etdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia