Ronaldo: "O'ylashimcha, Mbappe agar "Real"ga o'tsa, "Oltin to'p"ni yuta oladi"

Omonjon To`xtamirzayev
12 mar 2024
Braziliya termasi sobiq hujumchisi Ronaldo PSJ forvardi Kilian Mbappening "Real"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Bu haqida batafsil gapirishdan avval barchasi rasman ma'lum bo'lishini kutishga majburmiz. U ajoyib futbolchi. O'ylashimcha, "Madrid"ga ko'chib o'tish Kilian uchun yaxshi tanlov bo'ladi. Fikrimcha, agar u "Real Madrid"ga o'tsa, "Oltin to'p"ga ham ega chiqadi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk