"Roma"ning bugungi o'yini O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2021
Bugun hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p tepayotgan "Roma" jamoasi Konferenciyalar ligasi musobaqasi doirasida o'yin o'tkazadi.

Unda rimliklar Turkiyada "Trabzonspor" jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi va "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia