"Roma" va PSJ Veynaldumning transferi borasida kelisha olmayapti

Alisher
1 avg 2022, 18:47
Jorjino Veynaldum tez orada PSJdan "Roma"ga o'tishi mumkin.

Klublar esa haligacha transfer borasida kelisha olmayapti. Francuz klubi muzokaralar davomida shartlarni doimiy tarzda o'zgartirib bormoqda.

Rimliklar 31 yoshli Veynaldumni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi, parijliklar esa bitimda xarid qilish huquqini majburiy qilishmoqchi.

"Roma" va PSJ o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio