

Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" yarim himoyachi uchun qoniqarli miqdorda transfer taklifi bilan chiqishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Frattezi Roberto Manchini boshqaruvidagi Italiya milliy terma jamoasi safida bir necha o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. Avvalroq futbolchining onasi o'g'li bilan Rimga qaytishni orzu qilayotganini aytgandi.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu transferni talab qilmoqda. O'tgan mavsum Frattezi A Seriyada 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



