

Italiya terma jamoasi a'zosi bilan bitim 2024 yil yozida o'z nihoyasiga etardi. Shuning uchun bir qator top-klublar uni o'ziga og'dirib olmoqchi edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yangi kelishuv 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Bu orqali klub "Yuventus" va "Milan"ga futbolchisi sotilmasligini uqtirib qo'ymoqchi.
Kristante joriy mavsum "Roma" tarkibida 9 ta o'yinda qatnashib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.



