"Roma" "Arsenal" futbolchisini xarid qilish fikridan qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2022, 12:24
"Roma" xavbeki Eynsli Meytlend-Naylz "Arsenal"ga qaytadi.

Rimliklar futbolchi bilan to'laqonli shartnoma tuzish fikridan voz kechishdi. Bunga himoyachining o'yini klub rahbariyatini qanoatlantirmagani sabab bo'lgan.

Bu mavsum angliyalik futbolchi A Seriyada 6 uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirib ulgurmadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru