"Real Sosedad" "Barselona"dan Subimendi uchun 60 mln evro so'radi

Alisher
16 may 2022, 16:54
"Real Sosedad" "Barselona"dan yarim himoyachi Martin Subimendi uchun 60 million evro so'radi.

23 yoshli o'yinchi "Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u ushbu yilning iyunida Ispaniya terma jamoasida debyut qildi. Futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi tez orada 34 yoshni qarshilaydigan Serxio Busketsga o'rinbosar izlamoqda. Ammo, san-sebastyanliklar xavbekning shartnomasida yozilganidek 60 mln evro talab qilishmoqda.

Subimendi joriy mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN