"Real Madrid" "Yuventus"ga 40 million evro taklif qildi

Khoja
24 fev 2024
"Real Madrid" chap qanot himoyachi Andrea Kambyazoga qiziqish bildirmoqda.

Madridliklar 24 yoshli himoyachining transferi uchun "Yuventus"ga 40 million evro berishga tayyor. Biroq turinliklar ham himoyachiga ishonishmoqda va uni sotish niyatida emasligini ma'lum qilishgan.

Ma'lumot uchun, Andrea Kambyazo joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com