"Real" "Atletiko" - "Leyptsig" o'yinida bir o'yinchini kuzatdi

Alisher
22 sen 2024
"Real" "Leyptsig" himoyachisi Kastello Lukebaga qiziqmoqda.

21 yoshli futbolchiga bir necha hafta oldin "Real" qiziqish bildirgandi. Klub vakillari payshanba kuni nemis jamoasini "Atletiko" (1:2)ga qarshi "Metropolitano"dagi Chempionlar ligasi o'yinida Lukebani kuzatdi.

Chap oyoqda o'ynaydigan markaziy himoyachi "Leyptsig"ga o'tgan yili "Lion"dan 40 mln evro evaziga o'tdi va asosiy tarkibning doimiy o'yinchisiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: Marca