"Real" 19 yoshli braziliyalikka qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2017, 20:12
"Real" "San-Paulu" yarim himoyachisi Lukas Fernandesga qiziqmoqda.
"AS" nashrining ma'lum qilishicha, klub skautlari 19 yoshli futbolchini kuzatishmoqda. O'tgan mavsum u yoshlar o'rtasidagi Libertadores kubogida yorqin o'yinlari bilan ko'zga tashlangan edi. Hozir hujumkor futbolchi "San-Paulu" asosiy tarkibiga kirgan.

Lukas Fernandes joriy mavsum oltita o'yinda bitta gol urdi. "Real" vakillari uning o'yinlarini kuzatib borishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS