Rasmiy xabar: Oybek Bozorov "Paxtakor"da!

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026, 12:32
"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov faoliyatini Toshkentda davom ettiradi.

Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.

"Oybek Bozorov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. 

Mahoratli yarim himoyachi jamoamiz bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U hozirga qadar Superligada 165 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol urgan va 32 golli uzatma sohibi bo'lgan. Osiyo klublari xalqaro musobaqalarida esa 31 o'yinda qatnashgan", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати