

Bu haqda "Tobol" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Kostanay klubi Sergeevni "Aktobe"dan sotib oldi va mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzdi.
Hamyurtimiz "Tobol" safida 77-raqamda o'ynaydi. Sergeev yangi klubi safida debyutini 22 iyul kuni o'tkazishi mumkin. Shu kuni "Tobol" Yevropa Konferenciya Ligasi saralash bosqichi doirasida Xorvatiyada Splitning "Xayduk" klubiga qarshi o'ynaydi.








