Rasman: Kayl Uoker yangi klubga o'tdi

Alisher Ostonov
5 iyul 2025
"Manchester Siti" rasmiy sayti 35 yoshli o'ng qanot himoyachisi Kayl Uoker "Byornli" bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Manchester Siti"dagi barcha Kaylga faoliyatining yangi bosqichida omad tilaydi", - deyiladi "shaharliklar" bayonotida.

Himoyachi 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelayotgandi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan edi. Uoker mankunianliklar bilan birgalikda olti marta Angliya chempioni bo'ldi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 4 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: mancity.com