Rasman: "Arsenal" futbolchisi A Seriya jamoasiga ko'chib o'tdi

Mirjalol Normatov
17 avg 2018, 22:10
"Arsenal" matbuot xizmati hujumchi Joel Kempbell "Frozinone" a'zosiga aylanganini ma'lum qildi.

Transfer narxi ma'lum qilinmagan. 26 yoshli kostarikalik Italiya jamoasi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Joel 2011 yilda "Arsenal"ga borgan va shu vaqtdan buyon u "Loryan", ikki marta "Betis", "Olimpiakos", "Vilyarreal" va "Sporting"ga ijaraga berilgan. U "kanonirlar" tarkibida 40 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/arsenalfc