Rami Mbappe haqida: "Messi bilan o'ynash unga yoqyapti"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2021
"Trua" klubi himoyachisi Adil Rami PSJ futbolchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Men Mbappening muxlisiman va chin dildan ishonamanki, u kelajakda "Oltin to'p"ni oladi.

Messi bilan o'ynash Kilianga yoqyapti. To'g'risini aytaman, agar Kilian to'g'ri ochilishni uddalasa, Messining uzatmalari yordamida ular ko'pchilikka muammo tug'dirishadi. Messi qachon va qaerga to'p uzatishni biladi", -deydi Adil Rami.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe