Rakitich: “Eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynab, ularni azoblashni xohlayman”

Eldor Akmurzayev
23 sen 2020, 21:20
UEFA Superkubogi-2020 arafasida “Sevilya” a'zosiga aylangan Ivan Rakitich “Bavariya”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bavariya” favorit va buni barcha tan oladi. Ular o'z ustunligini namoyish etishdi, ularni Chempionlar Ligasidagi g'alaba bilan tabriklaymiz, ammo ertaga yana bir to'qnashuv kutib turibdi.

Bu so'nggi yillarda ulkan qadam tashlay olgan kam sonli jamoalardan biri. Ularda tajribali va sezilarli darajada o'sib borayotgan yosh futbolchilarning qorishmasi mavjud. Ularni hurmat qilamiz, ammo qo'rqmaymiz. Men eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynashni va ularga azob berishni xohlayman”, deydi Rakitich.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” - “Sevilya” o'rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan 25 sentyabrga o'tar kechasi, soat 00:00 da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca