Rahimbek Karimov OCHL yarim finalida ishlaydi

Tolibjon Qosimov
27 mar 2024
Osiyo Chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Al Ayn" – "Al Hilol" uchrashuvida ishlash uchun iordaniyalik hakamlar jamoasi tayinlov oldi.

Quvonarli jihati, musobaqaning ushbu hal qiluvchi bahslaridan biriga bir nafar video assistentimiz ham jalb etildi.

BAAning Al Ayn shahrida o'tadigan uchrashuvni boshqarish vazifasi Adham Muhammadga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Mustafo va Ahmad Muannas yordam bersa, malayziyalik Nazmi Nasaruddin zaxira hakami vazifasini bajaradi. VAR hakamlari sifatida esa vakilimiz Rahimbek Karimov hamda singapurlik Muhammad Toqi ro'yxatdan joy olgan. Quyida ushbu uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:

Osiyo Chempionlar ligasi

1/2 final

16.04.2024 | 21:00

"Al Ayn" – "Al Hilol"

Bosh hakam: Adham Muhammad (Iordaniya).

Qanot hakamlari: Muhammad Mustafo, Ahmad Muannas (ikkisi Iordaniya).

Zaxira hakami: Nazmi Nasaruddin (Malayziya).

VAR hakamlari: Rahimbek Karimov (O'zbekiston), Muhammad Toqi (Singapur).

Vakilimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/uzfhm