"Quruq o'yin"lar kimda ko'proq?

Bugun tugaydigan mavsumga aloqador qiziqarli faktlarni keltirishda davom etamiz.

2022 yil barcha uchrashuvlarda maydonga chiqish baxti hozircha faqat 2 darvozabonga nasib qilyapti: O'tkir Yusupov ("Navbahor") hamda Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv") - 25tadan.

Eng ko'p gol o'tkazgan kiperlar:


futbolchio'yino'-gol
1Abdumavlon Abdujalilov2533
2Milan Mitrovich2428
3Miloe Prakovich1526

"Quruq o'yin"lar soni bo'yicha O'tkir Yusupov peshqadam - 13ta. Ammo, nolga turilgan o'yinlarning umumiy uchrashuvlar soniga nisbati Eldorbek Suyunovda yana barchadan yaxshiroq (62,5%).

Penaltilarni zararsizlantirish bo'yicha esa Suhrob Sultonov boshqa hamkasblariga "master-klass" o'tgan (4 marta). "Bunyodkor" posboni yil davomida Yovan Jokich, Jasur Jaloliddinov, Shahzod Ubaydullaev hamda Marko Stanoevichning 11 metrli nuqtadan tepgan to'plarini bartaraf qildi. 

Bu yil maydonga tushgan eng tajribali posbon futbolimiz afsonasi Ignatiy Nesterov hisoblanadi (39 yosh). Eng yoshi - "Olimpik" vakili Hamidullo Abdunabiev (19 yosh). 

Ayni paytda Superliga golkiperlari orasida transfer qiymati eng yuqorisi Abduvohid Ne'matovdi (650 ming evro).

"SportStat" ma'lumotiga ko'ra, havodagi uzatmalarga ega chiqish (82) va to'pni ushlab olish (105) borasida "Loko" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov eng yaxshi natijani qayd etyapti. Seyvlar soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Botirali Ergashov, Miloev Prakovich hamda Suxrob Sultonovga tegishli (33-34).

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar