"Qo'qon ligasi"da g'olib va sovrindorlar aniqlandi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2021
Qo'qon shahrida uchta yosh toifasida "Qo'qon ligasi" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa "Kelajak yulduzlari" kompaniyasi tomonidan Farg'ona futbol Assotsiatsiyasi va "Qo'qon-1912" klublari bilan hamkorlikda o'tkazildi. 2011-2012 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqa finalida "Uchrko'prik" "Kimyogar"ni 5:4 hisobida taslim qildi va bosh sovringa ega chiqdi.

2011-2012 yilda tug'ilganlar
3-o'rin uchun bahs

"Spartak" - "Ahmadxon" 4:2
Final
"Uchko'prik" - "Kimyogar" 5:4





2009-2010 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasidagi musobaqa hal qiluvchi o'yinida "Ahmadxon" va "Kimyogar" jamoalari to'qnash kelishdi. Unda "Kimyogar" 3:1 hisobida zafar quchdi.

2009-2010 yilda tug'ilganlar
3-o'rin uchun bahs

"Beshariq" - "Milliy Gvardiya" 0:1
Final
"Ahmadxon" - "Kimyogar" 1:3




2007-2008 yilda tug'ilganlar o'rtasidagi musobaqada esa "Ahmadxon" tengsiz bo'ldi. Finalda ushbu jamoa "Spartak"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi va kubokni qo'lga kiritdi.


2007-2008 yilda tug'ilganlar
3-o'rin uchun bahs

"Kimyogar" - "Milliy Gvardiya" 0:1
Final
"Spartak" - "Ahmadxon" 0:0 (penaltilar seriyasi 4:5)


VIDEONI TOMOSHA QILISH





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia