"Qo'qon-1912": Aziz To'xtaboevni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
19 may 2017, 09:26
Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi murabbiyi Aziz To'xtaboevning tug'ilgan kuni.

Qo'qon futboli jonkuyarlaridan biri bo'lgan yosh mutaxassis bugun o'zining 32 yoshini qarshi olmoqda.

Shu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” o'yingoh xodimlari hamda muxlislar nomidan Aziz To'xtaboevni chin yurakdan tabriklaymiz. Yosh murabbiymizga sihat-salomatlik, faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Yana bir bor tug'ilgan kunlar muborak bo'lsin!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz