"Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan keyin Hamidjon Aktamov matbuot anjumaniga kelmadi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2021, 22:21
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" (1:1) uchrashuvi yakuniga etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ishtirok etmadi. Bunga uning betobligi sabab qilib ko'rsatildi. 

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" bugun ushbu mavsum safarda 4ta o'yin o'tkazib, 4 marta mag'lub bo'lgan "Surxon" bilan durang o'ynadi. Yani termizliklar safardagi ilk ochkoni aynan Navoiyda qo'lga kiritishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia