"Qizilqum" Rossiya, Makedoniya va Chexiya jamoalari bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026, 18:06
Jamoaning Antaliyadagi raqiblaridan bir nechtasi aniq bo'ldi.

"Yangi mavsum uchun so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borish uchun jamoamiz Turkiyaning Antaliya shahrida xorij yig'inida ishtirok etadi.

Akmal Rustamov qo'l ostidagi "Qizilqum" mazkur o'quv-yig'in mashg'ulotlarida bir nechta nazorat bahslarida maydonga tushadi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

Nazorat uchrashuvlari ro'yxati:

24.01.2025 | "Qizilqum" – "CKA Xabarovsk" (Rossiya)

27.01.2025 | "Qizilqum" – "Fakel" (Rossiya)

30.01.2025 | "Qizilqum" – "Tikvesh" (Makedoniya)

03.02.2025 | endi aniq bo'ladi

06.02.2025 | ️endi aniq bo'ladi

10.02.2025 | "Qizilqum" – "Prosteyov" (Chexiya)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати