Qirg'iz futbol ittifoqiga prezident saylandi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 16:57
Bugun, 19 fevral kuni Bishkekdagi "Novotel" Qirg'iz futbol ittifoqining navbatdan tashqari Kongressi bo'lib o'tdi.

Kun tartibiga ko'ra, Kongress QFIning amaldagi prezidenti Sidiqov Mederbek Abdikalikovich va avvalroq e'lon qilingan QFI Ijroiya qo'mitasi tarkibi iste'fosini qabul qildi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari Kongress kun tartibiga tashkilotning yangi prezidenti va Ijroiya qo'mitasi tarkibini saylash masalasi kiritildi.

Prezidentlik lavozimiga yagona nomzod Tashiev Qamchibek Qidirshaevich ro'yxatga olingandi.



Saylov Qirg'iz futbol ittifoqi Ustaviga qatiy rioya qilingan holda o'tkazildi va ochiq ovoz berish yo'li bilan Tashiev Kamchibek Qidirshaevich bir ovozdan QFI prezidenti lavozimiga saylandi. Kongress delegatlari QFI Ijroiya qo'mitasining yangi tarkibini ham bir ovozdan sayladilar.

Eslatib o'tamiz, Qamchibek Tashiev 2020 yilning 16 oktyabridan buyon Qirg'iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari sanaladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kyrgz Football Union