Qarshidagi "Markaziy" o'yingohga yangi chim yotqizish ishlari boshlandi

Alisher Ostonov
12 mar 2026, 00:28
"Markaziy" tez orada yangi qoplamaga ega bo'ladi.

"2025 yilgi futbol mavsumi yakunlangach, "Nasaf" jamoasining uy uchrashuvlari o'tkaziladigan "Markaziy" stadion maydon qoplamasini yangilash ishlari boshlab yuborilgan edi.

Kuni kecha maydonning asosiy qismi to'liq tayyor holatga keltirilib, stadion uchun maxsus yetishtirilgan tabiiy chimni yotqizish ishlari ham boshlandi.

Mazkur ishlar yakunlangach, "Markaziy" o'yingoh maydoni zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan sifatli qoplamaga ega bo'ladi", - deyiladi xabarda.




Alisher OstonovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати