PSJ Shkrinyar bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
11 iyul 2022, 11:30
PSJ "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarning transferi borasida muzokaralarda ancha oldinga siljidi.

Klublar o'rtasida 70 million evrolik bitim borasidagi kelishuv haqida aytilmoqda.

Shkrinyar o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 48ta o'yinda 4ta gol urishga erishdi.

Himoyachining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport