PSJ ispaniyalik himoyachini sotib olmoqchi

Alisher
25 may 2019
"Espanol" himoyachisi Mario Ermoso faoliyatini PSJ da davom ettirishi mumkin.

Parijliklar sport direktori Antero Enrike 23 yoshli futbolchi bilan bitim tuzish maqsadida Barselonaga yo'l oldi. Bitim narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Transferga "Real" halaqit berishi mumkin, madridliklarda futbolchini 7 million evroga qaytarib olish huquqi bor.

Futbolchi joriy mavsumda La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: A Bola