PSJ egasi Aleksis vakillari bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2017, 14:34
PSJga "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches kerak.

Ushbu kelishuv bilan klubning egasi Nosir Al-Helayfi shaxsan shug'ullangan. U chililik futbolchining vakillari bilan huyona uchrashib, aniq taklifni olg'a surgan va 2017/18 mavsum uchun loyihani taqdim etgan.

Oldinroq Nosir Al-Helayfi Anxel Di Mariya va Yulian Drakslerlarning transferida ham ishtirok etgan edi.

Parijliklarga "Chelsi" va "Manchester Siti" raqobatchilik qilishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe