Prokuratura "Udineze"ga qarshi tergov boshladi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023
Klub moliyaviy firibgarlikda gumon qilinmoqda.

Prokuratura "Udineze"ga qarshi tergov boshladi, deb xabar berdi "Football Italia". 

Klub 2018 yilda "Yuventus"dan yarim himoyachi Rolando Mandragoraning transferini tashkil qilishda moliyaviy firibgarlik ishlatgan bo'lishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Udineze" Mandragora transferi bo'yicha nazorat organlariga yolg'on hisobotlar taqdim etgan, jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirgan. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari allaqachon "Udineze" bosh ofisida tintuv o'tkazishgan. Klub prezidenti va uning sherigi gumonlanuvchilar orasida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia