

Toshkentning "Do'stlik" jamoasi bunga qadar Birinchi liga bahslarida o'z qarorgohidagi sun'iy maydondan foydalanib kelayotgan edi. Endilikda klub Pro ligada raqiblarni "Lokomotiv" stadionida qabul qiladi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Qurbonov saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda ma'lum qildi.
"Uy o'yinlarimizni "Lokomotiv" stadionida o'tkazamiz. Mashg'ulotlarni esa avval "Toshkent" degan jamoa o'ynagan maydonni rekonstrukciya qilgan holda olib boramiz",- deydi "Do'stlik" ustozi Shuhrat Qurbonov. 
Ma'lumot uchun, jamoa ilk turni 12 mart kuni mehmonda "Aral"ga qarshi o'tkazadi.



