PFL kubogi-2019 taqvimi tasdiqlandi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2019
Joriy yilning 17-22 mart kunlari PFL kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.



Mazkur musobaqada B Pro-ligada qatnashishga asosiy nomzod klublar ishtirok etadi va ular A Pro-ligada ishtirok etish imkonini taqdim etuvchi yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

PFL kubogi-2019 qatnashchilari:
- “Lokomotiv-BFK”
- “G'ijduvon”
- “Zomin”
- “Iftixor”
- “Oq-tepa”
- “Yangier”
- “Bunyodkor-2” (shartli)
- “Rubin” (shartli)

PFL kubogi-2019 uchun klublar vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qur'a natijalariga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:

17 mart

A) “Bunyodkor-2” – “G'ijduvon”
B) “Iftixor” – “Rubin”
C) “Yangier” – “Lokomotiv-BFK”
D) “Zomin” – “Oq-tepa”

Yarim final
19 mart

A g'olibi – B g'olibi
C g'olibi – D g'olibi

Final
22 mart


Takidlash joiz, “Bunyodkor-2” hamda “Rubin” jamoalari musobaqada shartli ravishda qatnashishadi. Qolgan klublar ichidan musobaqa g'olibiga aylangan jamoa esa A Pro-ligada imtiyozli ravishda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz